
“Roma”dan ketganim xato bo‘lib chiqdi!
Ayni paytda “Antverpen” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Raja Nainggolan Joze Mourinoga o‘z xizmatini taklif qilib, rad javobini oldi.
Belgiyalik futbolchi “Roma”da jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Jorjino Veynaldum o‘rnini egallamoqchi edi.
Raja 2018 yilga qadar “Roma”da to‘p surgan va keyin “Inter”ga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi bu qarori xato bo‘lganini tan oldi.
- Bu shahar meni juda yaxshi ko‘radi. Xuddi men uni sevganimdek. “Roma”dan ketib katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Kim bilandir kelisha olmasang aqlingni yo‘qotma yoki birov uchun o‘zgarma. Afsuski, men hamon pushayman bo‘layotgan qarorga kelganman, - dedi Nainggolan.
Fikrlar