“Roma”ni Chempionlar ligasiga etaklayotgan Shomurodovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

  • 20 aprel, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” A Seriyaning 33-turida “Verona”ga qarshi juda murakkab o‘yin o‘tkazdi. Bu bahs oldidan Artyom Dobik chap tizzasida kichik muammo borligi ma’lum bo‘lgan edi va shu bois, Klaudio Raneri ilk daqiqalardan Eldor Shomurodovni maydonga tushirdi.

Ekspertlar ta’kidlaganidek, o‘zbek hujumchisi ustozi berayotgan har bir imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilyapti. “Verona” bilan bellashuvda ham shunday bo‘ldi.

Eldor to‘rtinchi daqiqadayoq, raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Olimpiko”ni “portlatdi”. Aynan mana shu gol “Roma”ning g‘alabasini ta’minladi va “bo‘rilar” Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkonini saqlab qoldi.

Nufuzli manba – tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Svilar 6:

Birinchi bo‘lim darvozabon uchun ancha xotirjam o‘tdi va u faqat bir bor Moskeraning xavfli zarbasini bartaraf etishiga to‘g‘ri keldi. Tanaffusdan keyin ham “Roma” darvozasi oldidan u qadar qiyin vaziyat yuzaga kelgani yo‘q.

Chelik 6:

Turki futbolchisi o‘zi mas’ul bo‘lgan hududda tartib saqlab turish orqali 90 daqiqa himoyani mustahkam ushladi.

Manchini 6:

Himoya markazida faol o‘ynadi va raqib hujumchilarining darvozaga xavf solishiga yo‘l qo‘ymadi. “Verona” fubolchisi Moskera faqat bir bor zarba bera oldi xolos

Ndika 6:

Hamrohlari singari orqa chiziqda ishonchli o‘ynadi. “Verona” o‘yinchilari darvozaga hamla qilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Salemakers 6:

O‘z darajasida o‘ynadi.biroq o‘ng qanotda etarli darajada xavfli vaziyatlar yarata olmadi va 70-daqiqada o‘rnini Artyom Dovbikka bo‘shatib berdi.

Dovbik 6:

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganiga qaramay, bellashuvga yuqori ishtiyoq bilan kirishdi va raqib darvozasiga xavf soldi.

 Kone 6,5:

Kristante singari yorqin harakatlarni amalga oshirgani yo‘q. Biroq maydonda muhim figuralardan bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda hujumlar tashkil qilishda o‘zini ko‘rsatdi.

 

Kristante 6,5:

Raneri jamoasidagi eng zo‘r o‘yinchilardan. Ayniqsa, birinchi bo‘limda faollik ko‘rsatdi. Shomurodovning golida Brayanning hissasi katta.

Anjelino 5,5:

Asl darajasidan past o‘ynadi va o‘yinga etarli darajada ta’sir o‘tkaza olmadi. Raqib futbolchilari unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermadi.

Sule 7:

Hamon yuqori darajasini saqlab turibdi. Shomurodovga gol urishga yordam berishidan tashqari yana bir necha vaziyatlarda raqib himoyasiga bosim o‘tkazdi.

Baldantsi 5:

Chap qanot yarim himoyasidan joy olgan futbolchi darajasidan past harakat qildi. O‘yinga qo‘shilib keta olmagani bois, Raneri 63-daqiqada uning o‘rniga Pizillini tushirdi.

Pizilli 6:

“Roma” yarim himoyasini jonlashtirdi. Hisobni ushlab qolishda uning xizmatlari asqotdi.

Shomurodov 7,5:

Dovbik o‘rniga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan o‘zbek hujumchisi ilk daqiqalardan o‘ziga berilgan imkondan maksimal foyda chiqarishga harakat qildi. Aynan uning goli “Roma”ga muhim g‘alaba keltirdi.

Eldor yana gol urish uchun ko‘p imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q, biroq u uchrashuv davomida bor energiyasini jamoadoshlariga yordam berishga sarfladi. Mavsumning hal qiluvchi pallasida uning goli “Roma”ga Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkonini taqdim etdi.

 Raneri 6,5:

Raneri shogirdlari “Yuventus” va “Latsio” bilan bo‘lgan durangdan keyin nihoyat g‘alaba qozondi. Munosib g‘alaba. Evropaga chiqish yo‘lidagi muhim ochkolar qo‘lga kiritildi.

Fayzullaev nega Evropada o‘ynamayapti? “Barsa” sobiq yulduzi vaziyatni tushuntirib berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!