"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi A Seriya klubini boshqaradi!

  • 06.11.2025 19:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Jenoa" klubi jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Daniele de Rossi tayinlanganini e’lon qildi. Avvalroq jamoa Patrik Vieyrani ishdan bo‘shatgan edi, uning ketishidan keyin jamoani vaqtincha Domeniko Krishito boshqarib turgan.

De Rossining murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi jamoasi "Roma" bo‘lib, u bu klubni 2024 yil yanvar oyidan sentyabrgacha boshqargan.

Yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi birinchi o‘yinda "Jenoa" 9 noyabr kuni "Fiorentina"ga qarshi maydonga tushadi. 10 turdan keyin jamoa A Seriya jadvalida 18-o‘rinda borib, 6 ochko to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!