Romano Gvardioladan “Siti”ni kim qabul qilishini aytdi

  • 12.02.2026 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli insayder Fabrizio Romano “Manchester Siti”ni kelasi yozda Xosep Gvardiola tark etadigan bo'lsa, jamoani qaysi mutaxassis boshqarishi mumkinligi haqida gapirdi.

Ayni paytda Gvardiolaning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qilishi belgilanganiga qaramay, ispaniyalik mutaxassisning kelajagi mavhum bo'lib turibdi.

- Agar “Manchester Siti” va bosh murabbiy lavozimi haqida gapiradigan bo'lsak, men asosiy nomzod sifatida hanuz Enzo Mareska nomini aytaman. U hozir bo'sh. Albatta, gap mavsum yakuni haqida ketmoqda. Umuman olganda, kelajak nuqtai nazaridan, Enzo Mareska “Manchester Siti” anchadan beri ko'rib kelayotgan nomzod.

Pep Gvardiola Enzo Mareskani yosh va iqtidorlu murabbiy sifatida juda qadrlaydi. U “Siti”da ishlagan va jamoani yaxshi biladi, Premer-ligada tajriba to'plagan, “Manchester Siti” va “Chelsi” bilan sovrinlar yutib olgan.

Shuning uchun “Manchester Siti” rahbariyati uning imkoniyatlari va salohiyati haqida juda yaxshi xabardor, - dedi Fabrizio Romano o'zining YouTube-kanalidagi chiqishida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!