
Romano Simonsni o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmagani va jamoani tark etmoqchiligi haqida yozdi
"RB Leyptsig" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida shanba kuni "Atalanta"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Biroq, jamoaning etakchi yarim himoyachilaridan biri Xavi Simons ushbu o‘yinda ishtirok etmadi.
Futbol insayderi Fabritsio Romanoning tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, bu holat futbolchining "Chelsi"ga o‘tish istagi bilan bog‘liq.
"Simonsda na jarohat, na boshqa muammolar bor. U "Chelsi"ga o‘tish istagi tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi. Signal aniq: Xavi jamoani tark etmoqchi", — deb yozadi Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi Transfermarkt portali baholashicha, hozirda 70 million evro turadi. Simonsning transferi yaqin kunlarda yozgi bozorning eng yirik voqealaridan biriga aylanishi mumkin.
Fikrlar