Romario Anchelottiga Neymar bo‘yicha maslahat berdi
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Romario jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga Neymar masalasida maslahat berdi. Uning fikricha, Anchelotti 2026 yildgi Jahon chempionatiga futbolchini chaqirgani ma’qul.
"Yulduz o‘ynashi kerak. Terma jamoa — eng iqtidorli futbolchilar uchun joy. Jahon chempionatiga tayyorgarlik bir oy davom etadi — bu vaqt futbolchi jismonan va texnik jihatdan tiklanishi uchun yetarli.
Bu barchaga ma’lum, ammo yana bir bor takrorlash kerak: hatto 100 foiz tayyor bo‘lmagan bo‘lsa ham, Neymar kabi yulduzni olish boshqa futbolchini chaqirgandan ko‘ra yaxshiroq. Iste’dod bekorga ketmaydi. Men Neymarning chaqiruv olib, jahon chempionligi kubogini uyga olib kelishini ko‘rishni istayman. Men Neymarning mundialga borishi tarafdorman, ammo u bo‘lmasa ham Braziliyaga muxlislilik qilaman. Ammo mening murojaatim shu: e’tibor bering, murabbiy!", — dedi Romario.
Ma’lumot uchun, "pentakampionlar" guruh bosqichida Marokash, Gayti va Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar