Romario tanlov qildi: Yamal Vinisiusdan ustun
Romario zamonaviy yosh yulduzlar haqida gapirar ekan, Lamin Yamalni Vinisius Juniordan ustun qoʻydi.
"Vinisius va Lamin oʻrtasida tanlash kerak boʻlsa, men Laminni tanlardim.
Yamal menga juda yoqadi. U yangi avlodning eng iqtidorli futbolchilaridan biri.
Uni oldida ajoyib kar'era turganiga ishonaman. Asosan, u kuchli klubda oʻynaydi va jamoadoshlari ham uni hurmat qiladi. Ular uning oʻyin taqdirini hal qila olishini yaxshi biladi.
Uning texnikasi juda yuqori. Shuningdek, u gol urishni ham biladi", — dedi Romario.
Fikrlar