Romero: Nevesh "Barsa" futbolchisi

  • 31 may, 2023, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" futbolchisi Ruben Nevesh klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. U faoliyatini "Barsa"da davom ettirmoqchi. Garchi yarim himoyachi Xavining rejasida bo‘lmasada, u kataloniyaliklar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan. 

Tecno

Jerrard Romero xabar berishicha, "Barsa" Nevesh transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.

Neveshning o‘zi ham jamoasini tark etayotganini tasdiqlagan. 

"Men bu erni yaxshi ko‘raman, lekin futbolda asosiy maqsadlar sari harakat qilishim kerak. Jamoada qolishni istagan bo‘lardim. Ammo men Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlayman", - dedi Ruben. 

"Barselona" ushbu yozda bir qator katta xaridlar qiladi. Klub Messi, Inigo, Silva, Kanselu va Kimmix kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!