Asosiy mazmunga oʻtish

Ronaldу FIFAdagi korrupsiya, Messi va Argentina berilgan yordam haqidagi postni layk bosdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Sirlar ochilayapti

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi bir postga «layk» bosdi. Ushbu postda Argentina terma jamoasi va FIFA faoliyati keskin tanqid qilingan efir parchasi joylashtirilgan edi.

Videoda ispaniyalik jurnalist Pilar Rodriges Losantos 17 iyul kuni efir davomida Argentina terma jamoasining ishtirokini baholab, ular turnirni ancha oldin tark etishi kerakligini aytgan va FIFA faoliyatiga shubha bilan yondashgan.

- Argentina taxminan besh o‘yin oldinoq musobaqani tark etishi kerak edi. Jamoa keyingi bosqichlarga FIFA yordamı bilan chiqdi, FIFA esa Yer yuzidagi eng korrupsiyalashgan tashkilotlardən biri. 

Menimcha, biz Argentınaga emas, balki butun FIFA tashkilotiga qarshi o‘ynayapmiz. Ular jahon chempionligini Messiга olib  bermoqchi, — deya ta’kidlagan jurnalist.

Natijada Argentina finalgacha yetib bordi, hal qiluvchi bahsda esa Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uchun bu final faoliyatidagi uchinchi hal qiluvchi o‘yin bo‘ldi. 2014 yilda uning jamoasi Germaniyaga yutqazgan, 2022 yilda esa Argentina Fransiyani mag‘lub etgan edi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa musobaqani 1/8 finalda tark etdi. Portugaliya aynan Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q