Ronaldу Oʻzbekistonга qarshi oʻyin oldidan bayonot berdi

  • 22.06.2026 15:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA tarixida ilk marotaba uch mamlakat - AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan jahon chempionati tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Mundialni tark etadigan dastlabki mamlakatlar va keyingi bosqichga yo‘l olgan omadli jamoalar nomi aniqlandi. 

Guruh bosqichidagi ikkinchi tur bahslari orasida futbol jamoatchiligining e’tiborini ko‘proq o‘ziga jalb etayotgan o‘yin "K" guruhida bo‘lib o‘tadi. 

Unda futbol hamjamiyati uchun imkoniyatlari maxfiy bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi aslida turnir favoriti hisoblangan, biroq dastlabki turda o‘z salohiyatini ko‘rsata olmagan Portugaliya yulduzlari bilan to‘qnashadi. 

Ayni paytda futbol ekspertlari, mutaxassislar, futbolchilar bo‘lajak o‘yin haqida o‘z mulohazalarini bildirmoqda. Bu uchrashuvga qiziqishning kuchayib borayotganiga sababchilardan biri Krishtianu Ronaldudir. 

Xuddi Lionel Messi kabi jahon chempionatlarida oltinchi marotaba ishtirok etayotgan portugalik yulduz katta futbolda qo‘lga kiritmagan birgina sovrin - jahon kubogi qolgan. Shimoliy Amerikadagi mundial Ronaldo uchun so‘nggi imkoniyat. Chunki 41 yoshli Krishtianu keyingi musobaqani yana to‘rt yil kutishiga hech kim ishonmaydi. 

Qolaversa, Ronaldo birinchi turdagi o‘yinidan keyin tanqidlar ostida qolib ketdi, bosh murabbiy Roberto Martinesdan O‘zbekiston bilan bo‘ladigan uchrashuvda yoshi o‘tgan futbolchini zahirada qoldirib, shijoatli yoshlariga imkon berishni talab qilganlar ham ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. 

Ammo Krishtianu Ronaldoning o‘zi terma jamoadagi mutlaq vakolatlaridan foydalanib, har bir uchrashuvda to‘liq o‘ynashga bel bog‘lagan. 

Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida 230-o‘yinini aynan O‘zbekistonga qarshi o‘tkazishga tayyorlanayotgan Krishtianu Ronaldo bu bahs oldidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot berib, muxlislarga murojaat qildi. 

- Bor e’tiborimiz zimmamizdagi vazifamizga qaratamiz!, — deb yozdi Krishtianu Ronaldo Instagram tarmog‘idagi sahifasiga mashg‘ulot paytida tushirilgan bir necha suratlarni namoyish qilish bilan birga.

"JCh-2026" guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya — O‘zbekiston uchrashuvi  23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi. 

Hammaning e’tiborida turgan bu bahs AQShning Xyuston shahridagi hashamatli stadionda o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk turida portugaliklar kutilmaganda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundialdagi debut o‘yinida Kolumbiya futbolchilariga 1:3 hisrbida imkoniyatni boy berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!