
Ronalda yangi rekord o‘rnatdi. Messi havas qilsa arziydi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining oltinchi turida “Al-Oruba” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) portugaliyalik yulduzning bu goli unga yangi rekord olib kelganini ma’lum qildi.
39 yoshli Ronaldu yuqori darajadagi musobaqalarda 600-golini urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan Lionel Messi hisobida 556 ta gol bor.
Keyingi o‘rinlarda Romario (479), Pele (456), Robert Levandovski (444), Ferents Pushkash (434), Luis Suares (423) va Zlatan Ibrohimovich (417) qayd etilgan.
Fikrlar