Ronaldo jahon futbolining yangi yulduzi kim bo‘lishini aytdi

  • 9 dekabr, 2024, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo yaqin kelajakda jahon futbolida yangi yulduz porlashini ta’kidladi.

Futbol afsonasi “Palmeyras”da o‘ynayotgan va yozda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tadigan 17 yoshli Estevao Villian iste’dodiga yuqori baho berdi.

- Estevao hali juda yosh, lekin katta iste’dod sohibi bo‘lgan futbolchi. Uni Lamin Yamalga o‘xshataman.

Tez orada Villian jahon futbolining katta yulduziga aylanadi. Hozir atigi 17 yosh, lekin salohiyati yuqori.

O‘ylashimcha, u avval “Palmeyras” safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi va shunday so‘ng “Chelsi”ga yo‘l oladi, - dedi Ronaldo.

Estevio Villian aslida “Kruzeyro” jamoasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Uni 2021 yili “Palmeyras” o‘z safiga qo‘shib oldi. Hozirgacha yosh hujumchi 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!