Ronaldo: Men o‘z pullarimni "Valyadolid"ga sarflayapman. Meni milliarder qo‘llab-quvvatlashini xohlardim

Ispaniyaning "Valyadolid" klubi prezidenti va sobiq futbolchi Ronaldo jamoaga o‘z pullarini sarf etayotgani borasida gapirib berdi.

"Ushbu biznes katta tavakkalchilikdir. Mendan gohida shunday deb so‘rab turishadi: Sen o‘z pullaringni klubga sarflayapsanmi yoki biror-bir milliarder qo‘llab-quvvatlayaptimi?

Albatta, men buni juda istardim. Biron-bir milliarder meni qo‘llab-quvvatlasa yaxshi bo‘lardi. Ammo men o‘zimning pullarimni sarflayapman," - dedi Ronaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!