Ronaldo: "Men uchun 15–20 metrni juda tez bosib o'tish muhim edi"

  • 29.12.2025 23:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona", "Real", "Inter", "Milan" klublari hamda Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo uni mashq qilishni yoqtirmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

Tecno

"Bu masalada tushunmovchilik bor, — deydi u tabassum bilan. — Novak Jokovich aytgandek, hozirgi paytda mashg‘ulotlar 10 yil oldingidek emas. Endi jismoniy tayyorgarlik ancha oqilona yo‘lga qo‘yilgan.

Ilgari meni Roberto Karlos va Kafu bilan birga yugurishga majbur qilishardi. Ular 10–15 kilometr masofani bosib o‘tardi. Ammo bu menga kerak emas edi. Men uchun 15–20 metrni juda tez bosib o‘tish muhim edi. Rostini aytsam, aynan shu mashg‘ulotlar faoliyatimdagi eng yoqimsiz paytlar bo‘lgan.

Hozir futbolchilar ko‘proq mashq qiladi, lekin kamroq azob chekishadi. Mashg‘ulotlar ancha samarali bo‘lib qoldi. Agar sen hujumchi bo‘lsang, 15 kilometr yugurish shart emas. Senga maxsus, aniq rejalashtirilgan mashqlar kerak. Ular jamoadagi boshqalar uchun emas, aynan sen uchun ishlab chiqiladi. Chunki futbolchilar turli xil bo‘ladi", — dedi Ronaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!