Ronaldu, Messi va Xolanddan zo‘r hujumchi paydo bo‘ldi

  • 30 sentabr, 2022, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashri “Chelsi” Evropaning har bir jamoasida bo‘lishi kerak bo‘lgan forvard topganini yozmoqda.

Tecno

To‘purar hujumchi masalasi “aristokratlar”ning eng og‘riqli nuqtasi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda jamoa o‘yinchilari orasida eng ko‘p – 11 ta to‘p kiritgan Meyson Maunt hujumchi emas.

Mutaxassislar “Chelsi”ga 28 yoshli serbiyalik hujumchi Aleksandr Mitrovichga e’tibor qaratishni taklif qildi. Bu o‘yinchi o‘tgan mavsumda Chempionshipda “Fulxem” safida 44 ta o‘yinda 43 ta gol urdi va jamoasini premer-ligaga olib chiqdi.

Yangi mavsumda Mitrovich “Fulxem”ning ettita uchrashuvda kiritilgan 12 ta golidan teng yarmiga mualliflik qildi. Uning ayrim ko‘rsatkichlari Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Erling Xolanddan yuqori.

Xususan, Mitrovich Serbiya terma jamoasida 76 ta o‘yinda 50-to‘pini kiritdi. Bu Messi va Ronalduning o‘z davrida terma jamoada qayd etgan natijalaridan ancha yaxshi ko‘rsatkich. Masalan, Messiga 50 ta gol uchun 107 ta,  Ronalduga 117 ta uchrashuv kerak bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!