
Ronaldu 100 million evrolik biznesga qo‘l urdi
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Insparya kompaniyasi bilan hamkorlikda soch transplantatsiyasi klinikasini ochdi. Klinika Ispaniyaning Marbella shahrida faoliyat yuritadi.
Bemorlarni 100 ta mutaxassis 15 alohida xonada davolaydi. Operatsiyalar narxi 4,6 dan 8,2 ming evrogacha. Vaqt nuqtai nazaridan, operatsiya taxminan olti soat davom etadi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu loyihaning qiymati 100 million evroni tashkil qiladi.
Krishtianuning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Avvalroq, 36 yoshli portugaliyalik futbol yulduzi Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar