
Ronaldu 100 ta o‘yinda "Yuventus"ning nechta golida ishtirok etdi?
Kecha “Jenoa”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun "Yuventus" safidagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi.
E’tiborlisi, 35 yoshli futbolchi ushbu o‘yinlarda “keksa sinora”ning jami 98 ta golida bevosita ishtirok etdi. Aniqrog‘i, Ronaldu ushbu 100 ta o‘yinda o‘z hisobiga 79 ta gol hamda 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga 2018 yilning yozida 117 mln evro evaziga “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar