Asosiy mazmunga oʻtish

Ronaldу 37-marta penalьtini urolmadi va eng yomon o‘ynagan uch futbolchidan biri bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

41 yoshli yulduz uyaliб qoldi

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida «Neom»ga qarshi o‘yinda g‘alabani juda qiyinlik bilan qo‘lga kiritdi. Qog‘ozda raqib aniq zaifroq ko‘rinsa-da, maydonda hammasini yana bir bor Joau Felish hal qildi. Hozircha Saudiya Arabistoni chempionatida eng yaxshi o‘yinchi sifatida tilga olinayotgan portugaliyalik yana jamoasini qutqardi. Uning Evropani bunchalik erta tark etgani haqiqatan ham afsusli tuyuladi.

Felish jamoani elkasida ko‘tarib yurgan bir paytda, boshqa yetakchilar unga munosib yordam bera olmayapti. Ayniqsa, eng katta tajribali futbolchi kutilgan darajada o‘ynamadi. Ayniqsa, Krishtianu Ronalduning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasi darvoza to‘g‘ri bormagani ko‘pchilikni hayron qoldirdi. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu butun karerasi davomida 220 marotaba penaltini tepdi va shundan 183 marta gol urgan. 37 ta zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 

«An-Nasr»ning qaysi o‘yinchilari o‘z maydonidagi o‘yinni zaif o‘tkazib, deyarli ochko yo‘qotishga sababchi bo‘lishlari mumkin edi? 

«Evro-futbol.ru» nashri Enja Postekoglu shogirdlariga subyektiv baholar qo‘ydi: o‘yin boshidagi start bahosi – 6, maksimal ko‘rsatkich – 10.

«NEOM»GA QARSHI O‘YINDA «AL-NASR» TARKIBIDAGI ENG ZAIF UCH FUTBOLCHI

KRISHTIANU RONALDU – 3,0. Ronalduning karerasidagi minginchi golga faqat 19 ta gol qolgan, ammo bu safar u rekordiga yaqinlasha olmadi. Aksincha, bir nechta qulay vaziyatlarni yo‘qotib yubordi. Krishtianu penalti aniqlik tepolmadi – to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda esa unda yanada qulayroq imkoniyat paydo bo‘ldi: Mane uzatmasidan so‘ng Ronalduning oldida butun darvoza ochiq edi, ammo u besh metrdan ham aniq yo‘l topa olmadi. Kutilayotgan gollar statistikasiга ko‘ra, KriRo kamida ikki gol urishi kerak edi, ammo natijada birortasini ham amalga oshirmadi.

SADIO MANE – 4,0. «Al-Nasr»ning yana bir yulduzi ham bu o‘yinni omadсиз o‘tkazdi. Krishtianu Ronalduga bergan o‘sha aniq pasi Mane uchun deyarli yagona muvaffaqiyatli harakat bo‘lib qoldi. Sadio chap qanotda dribling orqali xavfli reydlar qila olmadi, umumiy holatida ham charchoq va vazminlik sezilib turdi.

Ikkita uzatmasi manzilga yetmadi, ikki marta qoida buzdi, yakka kurashlarda esa sakkizta to‘qnashuvdan faqat uchtasida g‘olib chiqdi.

ABDULILO‘H AL-AMRI – 4,0. Muammolar faqat hujumda emas, himoyada ham ko‘zga tashlandi. Lyakazett va Benrahma ko‘pincha Al-Amri nazoratidan oson qutulib, markaz orqali xavfli hujumlar uyushtirishdi. Masalan, 5-daqiqada Aleksandr aynan Al-Amri nazoratidan chiqib ketib, hisobni ochishi kerak edi.

Al-Amriga bunday darajadagi hujumchilarga qarshi o‘ynash uchun tajriba va mahorat yetishmayotgani yaqqol ko‘rindi. U bir marta juda noaniq pas bilan raqibga golli vaziyat yaratib berdi, yana bir epizodda esa pozitsiyani qo‘pol ravishda yo‘qotib qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q