Ronald "An-Nasr"ga bosh ko‘tardi va o‘yinlarni boykot qildi
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduning faoliyatida katta muammoga duch keldi. Portugaliyalik hujumchi hozirgi klubi “An-Nasr”dagi vaziyatdan norozi va o‘yinlarda ishtirok etishdan bosh tortmoqda.
Bu haqida Portugaliyaning A Bola nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldo “An-Nasr”ning Saudiya Arabistoni chempionat doirasida “Ar-Riyod” jamoasiga qarshi o‘tkazadishan uchrashuvida maydonga tushmasligini bildirgan.
Krishtianu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) klubni qanday boshqarayotganidan norozi. Portugaliyalik futbolchi, shuningdek, “An-Nasr”ga yetarli darajada investitsiya kiritilmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Ronalduning fikricha, klub rahbariyati “An-Nasr”ga zarar yetkazmoqda, ayniqsa transfer bozorida ancha faol bo‘lgan “Al-Hilol” bilan solishtirganda bu masala yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi 2023 yilning boshidan beri “An-Nasr” safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi.
Fikrlar