Ronaldu APLning ilk turida o‘ynaydimi?

  • 6 avgust, 2022, 20:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ertaga bo‘lib o‘tadigan Angliya Premer ligasining yangi mavsum 1-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor.

Jurnalist Stiv Beytsning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, portugaliyalik futbolchi “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan gaplashgan va gollandiyalik mutaxassisga ertangi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuborgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik  forvard Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlayotgani uchun hamon jamoani tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, oxirgi mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 18 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!