Ronaldu bu ishni 20 yildan beri uddalab kelmoqda

  • 24 mart, 2023, 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turniridagi birinchi tur Krishtianu Ronalduni qahramonga aylantirdi.

Tecno

Lixtenshteyn futbolchilariga qarshi o‘tkazilgan bahsda 38 yoshli hujumchi penalti va jarima zarbasidan raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.

Statistika mutaxassislarining xabar berishicha, Ronaldu yana bir ajoyib ko‘rsatkichni qayd etgani ma’lum bo‘ldi.

Portugaliyalik to‘purar o‘z mamlakati terma jamoasi uchun 20 yildan beri uzluksiz gol urib kelayotgan ekan.

Ronaldu Portugaliya formasidagi ilk to‘pini 2004 yilning 12 iyun kuni Gretsiya darvozasiga kiritgan. Shundan beri u har yili gol uryapti.

Bugungi kunda Krishtianuning xalqaro maydondagi gollari soni 120 tani tashkil qilmoqda va bu mutlaq rekord hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!