Ronaldu: "Bu qarorni hech kimga aytmayman"

  • 26.08.2024 16:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Saudiyaning "An-Nasr" klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini qanday yakunlashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ham o‘ylangan bo‘ladi, ammo bu haqda hech kim oldindan bilmaydi.

- Men terma jamoa sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Shu bois, Portugaliya terma jamoasini tark etishga qaror qilganimda, hech kimni oldindan ogohlantirmayman, - dedi Ronaldu "NOW" telekanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!