
Ronaldu eng yuqorida, Masharipov ham chakki emas (futbolchilarga qo‘yilgan ballar)
Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Al-Vehda" va "An-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi barcha gollarni portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida SofaScore portali orqali "An-Nasr" futbolchilariga qo‘yilgan ballar bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar