
Ronaldu faoliyatini qachon yakunlamoqchi? - futbolchining o‘zi javob berdi!
Portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi. 40 yoshli hujumchining so‘zlariga ko‘ra, u butsalarini qachon mixga ilishni hali hal qilmagan. Ronaldu futboldan zavq olishni to‘xtatgandagina faoliyatini yakunlamoqchi.
"Faoliyatimni yakunlash? Mening mentalitetim - har kuni bilan yashash. O‘ynash uchun uncha ko‘p yil qolmadi. Lekin lahzadan zavqlanyapman. Faoliyatimni tugatish sanasi aniq emas. O‘zimni baxtli his qilyapman. Men zavq olish va o‘ynashni davom ettirish uchun shu erdaman" - deya jurnalistlarning savoliga javob berdi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 8 may yakshanba kuni Millatlar ligasi finalida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar