Ronaldу faoliyatini qaerda davom ettirishini ma'lum qildi
Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “An-Nasr” tarkibida oʻz hisobiga yana ikkita gol yozdirib qoʻydi.
Bu gollar tarixiy ahamiyatga ega boʻldi. Dubly evaziga 41 yoshli hujumchi rasmiy uchrashuvlarda koʻp gol urish boʻyicha oʻzining rekordini yangilab, umumiy gollari sonin 964 taga yetkazdi.
Bundan tashqari, Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 tadan koʻp gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Oʻyindan keyin portugaliyalik yulduz kelajagiga oid maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.
- Men Saudiya Arabistoniga tegishliman. Men shu yerda oʻynashni davom ettirmoqchiman. Bu meni, oilamni va doʻstlarimni qabul qilgan mamlakat. Saudiyada baxtliman va qolishni istayman, - dedi Ronaldu.
Toʻpurarning dil soʻzlarini taniqli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltirdi.
Joriy mavsumda 41 yoshli Ronaldu barcha musobaqalarda “An-Nasr” safida 22 oʻyinda 20 ta gol urgan. Uning jamoasi bu gʻalabadan keyin musobaqa jadvalida yana birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Fikrlar