Ronaldu faoliyatini yakunlagan Varan haqida gapirdi

  • 25 sentabr, 2024, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”dagi sobiq jamoadoshi Rafael Varan futbolchilik faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.

“Ajoyib faoliyat, futbol afsonasi! Tabriklayman, uka! Tez orada ko‘rishamiz deb umid qilaman”, - deya yozdi Ronaldu Varanning ijtimoiy tarmoqdagi posti ostidagi izohlarda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Varanning so‘nggi ish joyi Italiyaning "Komo" klubi bo‘lib, u ushbu jamoaga erkin agent sifatida kelgan. Jahon chempioni Italiya jamoasidagi ilk uchrashuvida jiddiy jarohat oldi va mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Keyinroq “Komo” Varanni A Seriya ro‘yxatidan chiqarib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik futbolchi ushbu jamoa safida atigi 23 daqiqa o‘ynadi.

Varan faoliyati davomida “Real” va “Manchester Yunayted” kabi mashhur jamoalar hamda Frantsiya terma jamoasida to‘p surgan. U 2018 yilda Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. "Real" bilan esa 4 marta UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!