
Ronaldu faqat bir shart bilan "Yuventus"dan ketadi
Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar davrida “Yuventus”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
36 yoshli portugaliyalik futbolchi faqat bir shart bilan “keksa sinora”dan ketishi mumkin. Gap shundaki, agar turinliklar mavsumni kuchli to‘rtlikdan tashqarida yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘la olmagan taqdirdagina Ronaldu boshqa jamoaga o‘tib ketadi.
So‘nggi paytlarda Krishtianu Ronaldu yana “Manchester Yunayted” yoki “Real” kabi sobiq jamoalariga qaytishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar yuribdi.
Andrea Pirlo boshchiligidagi “Yuventus” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Turinliklarni 5-o‘rinda borayotgan “Napoli” bilan bor yo‘g‘i 5 ochko ajratib turibdi xolos.
Fikrlar