Ronaldu: "Hali hech narsa yutmadik"
Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Gana ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi.
"Juda muhim g‘alaba va bizning bu chempionatdagi debyut o‘yinimiz. Ammo hali hech narsa yutmadik. Bu shunchaki birinchi qadam bo‘ldi. Maqsadlarimiz sari intilishda davom etamiz. Olg‘a, Portugaliya", - deya yozib qoldirdi Tvitter sahifasida.
Keyingi bosqichda Portugaliya Urugvayga qarshi o‘ynaydi. Bellashuv 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli forvard 1-tur doirasida Ganaga qarshi bellashuvda 1 ta gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar