Ronaldу Ispaniyadan jamoa sotib oldi va uni superklubga aylantiradi
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduning faoliyati davomida futbolga oid yana bir muhim qarorga keldi. Portugaliyalik yulduz Ispaniya chempionati Segundasida o‘ynayotgan “Alveriya” klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi.
Ushbu savdodan keyin “An-Nasr” hujumchisi rejasini bayon qildi.
- Men uzoq vaqtdan beri futbolga maydondan tashqarida ham hissa qo‘shishni orzu qilardim. “Almeriya” – mustahkam asosga va aniq o‘sish salohiyati bor ispan klubi.
Klub rivojining keyingi bosqichini qo‘llab-quvvatlash uchun rahbariyat bilan birga ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman, - dedi Krishtianu Ronaldo.
Ta’kidlash joizki, “Almeriya” klubining asosiy egasi Muhammad Al-Xereyjiga tegishli Saudi Media Corporation tashkiloti hisoblanadi.
Joriy mavsumda “Almeriya” Ispaniya Segundasida 27 o‘yindan keyin 48 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi “Rasing” bilan oradagi farq ikki ochkoni tashkil qiladi.
Fikrlar