Ronaldu jamoadoshlaridan norozi

  • 14.01.2022 15:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi jamoadoshlaridan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar tarqatdi. 

36 yoshli futbolchi jismoniy holati ustida ishlash uchun har kuni qo‘shimcha mashg‘ulot olib boryapti.  U jamoadoshlari ham shunday qilmayotganidan hayratda. 

Portugaliyalik o‘z intervyularidan birida kunlik mashg‘ulotlardan oldin va keyin individual tarzda shug‘ullanayotgan MYuning yagona futbolchisi ekanligini aytgandi. 

Joriy mavsumda Ronaldu "qizil iblislar" libosida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga hammualliflik qildi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!