Ronaldu jamoadoshlariga qanday ta’sir qilmoqda?
Saudiyalik jurnalist Xolid Al Arafah “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"An-Nasr" futbolchilari mashg‘ulotlarda Krishtianuning ishini ko‘rishsa, uning darajasiga moslashishga harakat qilishadi. Ronaldu o‘tgandan keyin ular ko‘proq ishlay boshladilar va rivojlanish kuzatilmoqda. Buning sharofati bilan butun mamlakatda futbol yaxshilanmoqda", - deya xabar beradi "FourFourTwo".
Krishtianu qishki transfer oynasida riyodliklar safiga qo‘shildi va ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. Uning maoshi 200 million evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda 38 yoshli portugaliyalik 32 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar