Ronaldu ketma-ket 2-o‘yinda almashtirildi va u to‘g‘ri kiyinish honasiga kirib ketdi

  • 11 noyabr, 2019, 02:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyasining 12-turida "Milan" (1:0) ga qarshi uchrashuvni oxirigacha o‘ynamadi.

Tecno

Turin klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri portugaliyalik futbolchining o‘rniga 55-daqiqada Paulu Dibalani tushirdi va Ronaldu to‘g‘ri kiyinish honasiga kirib ketdi.

Evropa Chempionlar Ligasi doirasida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasida ham Ronaldu almashtirilgan edi.

Ronalduni so‘nggi bor 2016 yilning may oyida ketma-ket 2 ta o‘yinda almashtirishgan edi. O‘tgan mavsumning butun davomiyligida 34 yoshli futbolchini bor-yo‘g‘i 2 bor almashtirishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Milan"ga qarshu bellashuv oldidan Sarri Ronalduning kichik jarohati borligini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!