
Ronaldu Manega "Bavariya"ga o‘tganidan so‘ng maslahat bergan
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Sadio Manega "Bavariya"ga o‘tganidan so‘ng o‘z maslahatini bergan. Bu haqda mashhur "Goal" nashri xabar berdi.
"Men Ronaldu bilan Malorkada ko‘rishib qoldim. O‘shanda mening Myunxenga o‘tishim aniq bo‘lgandi.
Krishtianu meni tabrikladi va shunday dedi: "Ajoyib klub. Bu sen uchun yaxshi tanlov". Shundan ham Bundesliganing darajasini bilib olsak bo‘ladi.
Menimcha, siz Germaniya chempionatiga past baho beryapsiz. Chempionlar ligasidagi oxirgi natijalar ham darajaning qanday ekanini aytib turibdi", - dedi senegallik futbolchi.
Fikrlar