Ronaldу maydonda asr rekordini o‘rnatdi

  • 08.01.2026 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda professional faoliyatida 1300-uchrashuvini o‘tkazib, umumiy gollari sonini 956 taga yetkazib oldi.

Bundan tashqari, 40 yoshli hujumchi XXI asrda Evropaning eng kuchli beshta chempionati o‘yinlarida maydonda o‘tkazilgan daqiqalar soni bo‘yicha jahon futbolida yetakchi hisoblanadi.

Score 90 xabar berishicha, portugalik futbolchi 75 927 daqiqa ko‘rsatkich bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Ronaldu “top-5” ligalaridan uchtasida o‘ynab, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” jamoalari sharafini himoya qilgan.

O‘z davrida “Barselona” va PSJ tarkibida o‘ynagan Lionel Messi  bu jamoalar safida eami 70 022 daqiqa harakat qilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi natijani qayd etdi.

Ikkinchi o‘rinda har ikki yulduz bilan bir jamoada o‘ynagan kam sonli futbolchilardan hisoblangan Serxio Ramos turibdi. “Sevilya”, “Real” va PSJda to‘p tepgan ispan himoyachisi maydonda umumiy hisobda 70461 daqiqa o‘ynagan.

XXI asrda Evropa “top-5” ligalarida eng ko‘p daqiqa o‘tkazgan futbolchilar reytingi:

  1. Krishtianu Ronaldu — 75 927 daqiqa
  2. Serxio Ramos — 70 461 daqiqa
  3. Lionel Messi — 70 022 daqiqa
  4. Raul Albiol — 63 541 daqiqa
  5. Dani Alves — 63 066 daqiqa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!