Ronaldu Mbappedan o‘zib ketdi, lekin Xolandga etolmadi

  • 1 sentabr, 2023, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana sermahsul o‘yin namoyish eta boshladi. Tajribali o‘yinchi Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, portugaliyalik yulduz 2023 yil hisobidan raqiblar darvozasini jami 30 marotaba ishg‘ol qildi.

Manbalarning yozishicha, 38 yoshli forvard bir yil davomida gol urish bo‘yicha PSJ to‘purari Kilian Mbappedan o‘zib ketdi. 24 yoshli frantsuz hujumchisi hisobida 28 ta gol bor.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland etakchilik qilmoqda. Norvegiyalik futbolchi yil boshidan beri jami 31 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!