Ronaldu: Messi bilan taqqoslaganda kamtarlik qilmayman

  • 03.11.2025 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu taniqli jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida o‘zini “Inter Mayami” futbolchisi bilan taqqoslash haqidagi savolga javob berdi.

Pirs Morgan 40 yoshli hujumchidan “Messi sendan zo‘r, degan fikrlar bor, bunga qanday qaraysan?”, deb so‘radi.

- Bunaqa fikrlarga va Messi mendan yaxshiroq ekaniniga qo‘shilmayman. Bu borada kamtarlik qilmayman, - deb javob berdi Krishtianu Ronaldu.

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi raqobatning eng yorqin davri har ikki futbolchi Ispaniya chempionatida to‘p tepgan yillarga to‘g‘ri keladi. Argentinalik yulduz “Barselona” safida o‘ynagan, sakkiz bor “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, Ispaniya, Evropa Chempionlar ligasi,jahon va Amerika chempioni bo‘lgan.

Ronaldu esa, mahoratini “Real”da ko‘rsatgan. Portugaliyalik yulduz besh bor “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan. Portugaliya terma jamoasi bilan Evropa chempioni, Millatlar ligasi g‘olibi, Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Bundan tashqari, har ikki yulduz faoliyati davomida ko‘plab boshqa sovrinlarga ega chiqqan va bir necha takrorlanmas rekordlarni o‘rnatgani bilan ham nom qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!