Ronaldu muxlislariga yaxshi yangilik

  • 21 dekabr, 2020, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Golden Foot-2020” sovrinini qo‘liga oldi. Yakshanba kuni to‘purarga ushbu sovrin topshirildi.

Tecno

Aslida 35 yoshli futbolchi mazkur sovrin egasiga aylangani 1 dekabr kuni aniq bo‘lgandi. Biroq bu yutuq unga endi berildi.

“Golden Foot-2020” yoshi 28dan oshgan o‘yinchilarga futbolni rivojlantirish uchun qo‘shgan hissasi uchun beriladi. G‘olibni butun dunyo bo‘ylab muxlislar ovoz berishg yo‘li orqali aniqlaydi.

Ushbu sovringa 2003 yilda asos solingan. Shu kunga qadar,  “Golden Foot-2020”  so‘rovnomasida  futbol rivojiga katta hissa qo‘shgan Roberto Badjo, Pavel Nedved, Andrey Shevchenko, Ronaldo, Alessandro Del Pero, Roberto Karlos, Ronaldino, Franchesko Totti, Rayan Giggz, Zlatan Ibrohimovich, Dide Drogba, Andreas Inesta, Samyuel Eto’O, Janluiji Buffon, Iker Kasilyas, Edinson Kavani va Luka Modrich g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!