Ronaldu MYuga qaytganidan afsusda

  • 11 fevral, 2022, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi oylardagi faoliyatidan norozi bo‘lmoqda.

37 yoshli futbolchi "Old Trafford"ga katta umidlar bilan qaytgandi, ammo jamoadagi boshqaruvchilarning o‘zgarishi va sovrinlar uchun kam imkoniyatlar uni jiddiy xafa qildi.

Daily Star xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi agenti Jorje Mendeshdan mavsum oxirida jamoani tark etish variantlarini topishni so‘ragan.

Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi kelajagi borasida yakuniy qarorni yozda, yangi murabbiy nomi ma’lum bo‘lganda qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi o‘tgan yilning avgust oyida MYuga qaytgan va shundan so‘ng "qizil iblislar" safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!