
Ronaldu: ”MYuning natijalaridan noroziman”
Krishtianu Ronaldu o‘zining yangi yil tabriknomasida o‘tgan yilni sarhisob qildi.
«Manchester Yunayted»ning natijalaridan noroziman. Biz hammamiz g‘azabdamiz. Yigitlar bilan nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishimiz kerak.
Yangi yil mavsumning o‘zgarish nuqtasi bo‘lsin! 2022 yilni ajoyib kayfiyat va kuchli ruhiyatda kutib olaylik. Keling, qo‘limizdan kelganini qilaylik, g‘alabaga erishaylik va MYuni o‘z o‘rniga ko‘taraylik! Bizga qo‘shiling, biz sizga ishonamiz! Yangi yilingiz bilan, tez orada ko‘rishguncha”, - deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida.
Joriy mavsum APL doirasida portugaliyalik hujumchi 15 ta qarama-qarshilikda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar