Ronaldu nega jahon chempionatida zaxiraga "mixlangan" edi?
Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush JCh-2022 da Krishtianu Ronalduni nega zaxirada qoldirishga qaror qilganini tushuntirdi.
“Ronaldu dastlabki uchta o‘yinda maydonga tushdi va keyin biz uni taktik jihatdan zaxirada qoldirishga qaror qildik. Bu jamoa manfaatini ko‘zlab qabul qilingan qaror edi. Men va mening murabbiylar shtabim jamoa uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilish haqida o‘yladik, bunda shaxsiy hech narsa yo‘q edi.
Agar biz musobaqani erta tark etmaganimizda, ehtimol bu masala muhokama qilinmagan bo‘lar edi. Qaror taktika edi”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JCh-2022 da chorak finalgacha etib borgan va shu bosqichda Marokashga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar