
Ronaldu: “O‘g‘limning aytishicha, Mbappe mendan zo‘r emish”
“Real Madrid” va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu uning o‘g‘li Kilian Mbappening muxlisi ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
“Mening o‘g‘lim Matteo har doim mendan Mbappe zo‘rligini aytadi. Sababi, u yoshligidan buyon Kilianning muxlisi, uning o‘yinlarini yaxshi ko‘rib tomosha qiladi.
Shu bois, ba’zida o‘g‘lim menga qarab, dada sizdan frantsiyalik hujumchi yaxshiroq deganida, men unga bir qiziq savol beraman. Xo‘sh, qaysi birimiz ko‘proq gol kiritganmiz desam, u har doim kulib qo‘yadi” – deya aytib o‘tdi portugaliyalik yulduz.
Fikrlar