Ronaldу oʻziga oʻta kuchli yangi ligani tanladi

  • 14.02.2026 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi “An-Nasr”ni tark etishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Ronalduning kelajagiga oid oxirgi xabarlarda “An-Nasr” 41 yoshli futbolchini 40 million funtga sotib yuborishga tayyorligi, Angliya Premier-ligasining bir necha klublari bu taklifni qabul qilmagani, “Sporting” o‘z tarbiyalanuvchisini kutayotgani, shayxlar Krishtianuga jamoa qidirishni davom ettirayotgani ma’lum qilingan edi.

Yangi ma’lumotlarda Ronalduning pozitsiyasi ham tilga olinmoqda. Britaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, mashhur yulduzning o‘zi “Sporting”dan aniq chorlov bo‘lganiga qaramay, hozircha Angliya Premier-ligasiga bir yillik qaytish variantini ustuvor deb hisoblamoqda. Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik forvard aniq kelishuvlar mavjud bo‘lmasa-da, yana Angliya chempionatida o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.

Shu bilan bir vaqtda, Saudiyaning “An-Nasr” klubi futbolchining yuqori maoshi fonida u bilan xayrlashish variantlarini faol o‘rganmoqda.

Krishtianu Ronaldo 2022 yilning 30 dekabrida erkin agent sifatida “An-Nasr”ga rasmiy o‘tgan edi. 2025 yilning iyunida uning shartnomasi 2027 yil yarmigacha uzaytirildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!