Ronaldu penalti urolmagan Felish bilan teng baholandi

  • 6 iyul, 2024, 11:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks Frantsiya bilan bahsda eng past baholangan futbolchilar bo‘ldi. 

Portugaliya "Evro-2024" chorak finalida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng (3:5) "A Bola" nashri o‘yinchilarni baholab chiqdi. 

Ronaldu va Feliks 10'dan 5 ball olishga muvaffaq bo‘ldi. Joau o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan seriyada penaltini aniq amalga oshira olmadi. 

Eng yaxshi baholangan portugaliyaliklar Nunu Mendesh, Pepe, Palinya hamda Vitinya bo‘ldi. Ular 8 ballga loyiq ko‘rildi. "A Bola" versiyasiga ko‘ra, Mendesh bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!