Ronaldu Portugaliya mashg‘ulotlariga qaytgani haqida gapirdi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlaridan suratlar joylashtirdi.
Roberto Martines shogirdlari mart oyidagi yig‘in davomida Evro-2024 saralashi doirasida Lixtenshteyn hamda Lyuksemburg terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.
"Milliy terma jamoaga qaytganimdan va Portugaliya vakili ekanligimdan juda xursandman", - deb yozdi 38 yoshli hujumchi.
Qayd etish lozim, Portugaliya 23 mart kuni Lixtenshteynni qabul qiladi. Lyuksemburgga qarshi safar o‘yini 26 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar