
Ronaldu qachon faoliyatini yakunlaydi? Futbolchining o‘zi javob berdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajak rejalari borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men futboldan zavqlanaman va hali ham MYu hamda Portugaliya terma jamoasi uchun uchun o‘zimni foydali deb bilaman.
Men o‘zim xohlagan paytim qaror qabul qilaman. Agar o‘ynashni davom ettirmoqchi bo‘lsam, qolaman. O‘zimninng o‘yinimdan qoniqish his qilmasam, faoliyatimga yakun yasayman", - dedi 37 yoshli futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli goleadorning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. U joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol hamda 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar