
Mbappega "Real"da yangi raqam taklif qilishdi
Kilian Mbappe "Real Madrid"da yangi raqam olishi mumkin.
"RMC Sport" nashrining "El Chiringuito"ga asoslanib xabar berishicha, Madrid klubi Luka Modrich ketganidan so‘ng hujumchiga o‘ninchi raqamni taklif etgan. Hozirda frantsiyalik futbolchi 9-raqamda o‘ynamoqda.
Mbappening "Real" taklifini qabul qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kilian La Liganing o‘tgan mavsumida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar