Asosiy mazmunga oʻtish

Ronaldу Saudiya ligasiga dahshatli miqdorda ziyоn keltirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat izdan chiqib ketdi

FOX Sports Saudiya Arabistoni  Professional ligasi bilan hamkorlikni to‘xtatgan birinchi yirik xalqaro teletarqatuvchiga aylandi. Bu holat Krishtianu Ronalduning atrofidagi davom etayotgan vaziyat fonida yuz bergani haqida Speedline nashri o‘zining X (Twitter) tarmog‘ida xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qarorning oqibatlari juda jiddiy bo‘lishi mumkin: mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, liga global media va tijoriy loyihalari bilan bog‘liq holda allaqachon 2,4 milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Ronalduning noroziligi va boykotidan kelib chiqqan  ushbu vaziyat Saudiya Pro-ligasining xalqaro imiji uchun burilish nuqtasiga aylanishi mumkin, atrofidagi voqealar esa hali-hanuz katta e’tiborni jalb qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldo chempionatdagi so‘nggi transferlardan, xususan, asosiy raqobatchi “Al-Hilol” boshqa klub – “Al-Ittihod”dan Karim Benzemani olganidan  norozi bo‘lgani sababli “An-Nasr” o‘yinlarini boykot qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q