Ronaldu sen go‘zal xonim emas, zolim xotin bilan yashayapsan!

  • 24.01.2022 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning qarindoshlari uning mashhur futbolchi bilan yashayotanidan beri o‘zgarib qolgani, munosabatlarni uzib yuborganidan norozi bo‘lmoqda.

- Men hech qachon undan biron nima so‘ramaganman. U Ronaldu bilan uchrashayotganini bilganimdan keyin atigi bir-ikki marta qo‘ng‘iroq qildi. Jorjina bizdan uyalyapti  chunki biz u yashayotgan hashamatdan uzoqmiz.

Men Jorjina va uning singlisi ta’minotiga mas’ul edim, ularga kiyim sotib olardim, suviga, ishlatgan elektriga to‘lov qilardim. Men Krishtianuning feysbukdagi sahifasiga: “Eng zolim ayol sening yoningda, nima uchunligini bilishni istasang, menga bog‘lan, hammasini tushuntirib beraman!”, deb yozdim, - deydi Jorjinaning amakasi Iisus.

Jorjinaning xolasi Lidiya ham undan noroziligini yashirmadi.

- U bobosi va buvisidan xabar olmay qo‘ydi. Unga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildik, raqamini o‘zgartiribdi. Endi uning insofsiz qiz ekanini hamma biladi, - dedi Lidiya xonim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!