Ronaldu sinmaydigan superrekord o‘rnatdi

  • 31.08.2025 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni chempionatining birinchi turida “An-Nasr” futbolchilari “At-Taavun” ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan edi. Ushbu bahsda penaltidan to‘p kiritgan Krishtianu Ronaldu bir necha rekordlarni yangiladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, 40 yoshli yulduzning ayrim natija va ko‘rsatkichlarini takrorlashning imkoni yo‘q.

Ronaldu bir aniq zarba bilan professional faoliyatida rasmiy uchrashuvlarda urgan gollari sonini 940 taga etkazib oldi va bu ko‘rsatkich mutlaq rekord hisoblanadi. Krishtianuning bundan buyon klub va terma jamoada kiritgan har bir to‘pi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.

“At-Taavun” darvozasiga urilgan gol Krishtianu Ronalduga yana bir superrekord keltirdi. Portugaliyalik to‘purar ketma-ket 24 ta mavsumda gol urgan jahondagi yagona futbolchi. U birinchi golini 2002-2003 mavsumda “Sporting” tarkibida “Moreyrense”ga urgan. Portugaliyadan keyin Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistonida chempionatlarida har mavsum raqib darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda.

Ronaldu beshta jamoa tarkibida 100 tadan ko‘p gol urgan yagona futbolchi. Xususan, Krishtianu “Real”da 450, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Yuventus”da 101 ta, “An-Nasr”da 101 ta va Portugaliya terma jamoasida 138 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!