Ronaldу so‘nggi ikki Jahon chempionatida penal’tisiz faqat O‘zbekistonга gol urgan
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi bahsda (2:1) penalti dan gol urib, jamoasining kambek g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
⠀
Ronaldu 68-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha vaqtda esa Gonsalu Ramushning goli Portugaliyaga 1/8 final yo‘llanmasini olib keldi.
⠀
E’tibor lisi, Krishtianu so‘nggi ikki Jahon chempionatida penalti siz faqat bitta terma jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan. Bu O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lib, Portugaliyaning 5:0 hisobidagi g‘alabasida Ronaldu dubl muallifiga aylangan edi.
⠀
Eslatib o‘tamiz, Qatarda o‘tgan 2022 yildgi Jahon chempionatida besh karra "Oltin to‘p" sohibi yagona golini Ganaga qarshi uchrashuvda penalti dan urgan edi.

Fikrlar